aiogram
kutubxonasida yasalgan telegram botni django
da webhook qilish uchun shablon.
Oddiy echobot
misolida!
Birinchi bo'lib kerakli kutubxonalarni o'rnating:
$ pip install -r requirements.txt
Keyingi ish Environment variables uchun .env.example
faylidan nusxa olib yarating va shuning ichiga Bot tokeni, Web saytingiz domenini (https protokolda) Secret key va DEBUG
parametrlarini kiriting:
$ cp .env.example .env
Boshqaruv buyruqlari:
runbot
telegram botni long poollingda ishga tushiradi. (Saytingiz bo'lmasa yoki serverga qo'ymagan bo'lsangiz botni ishlashini tekshirib ko'rish uchun) Django ishlamaydi!setwebhook
botni birinchi marta dastlabki webhook qilib olish uchundeletewebhook
webhookni uzish uchunrunserver
odatdagidek django serverni ishga tushiradi. Telegram bot webhhok ulangan bo'lsa ishlayveradi.
Kerakli kutubxonalarni o'rnatgach va sozlash ishlarini (environment variables) bajargach:
1-ish:
$ python manage.py setwebhook
2-ish
$ python manage.py runserver
Bu faqat SSL sertifikatga ega web domenga ega serverlarda ishlaydi. Agar sizda domen bo'lmasa lokal kompyuteringizda sinab ko'rmoqchi bo'lsangiz ngrok
ishlating. WEB_DOMAIN
ga xuddi o'sha ngrok
bergan domenni kiritsangiz bo'ldi.
© Murodillo😎